ONNX example haqida kichik eslatma

#1
by BoburAmirov - opened

ONNX example haqida kichik eslatma

Berilgan ONNX inference misolida modelga to‘g‘ridan-to‘g‘ri text uzatilayotgandek ko‘rinadi. Ammo Matcha-TTS’ning ONNX formatga eksport qilingan modeli raw matnni qabul qilmaydi.
https://github.com/shivammehta25/Matcha-TTS/blob/main/matcha/onnx/infer.py

ONNX’ga faqat modelning neyron qismi eksport qilinadi, matnni tozalash, fonemizatsiya va tokenizatsiya esa Python tomonda qoladi. Shu sababli ONNX model quyidagi inputlarni kutadi:

x — token / fonema ID’lari (int64, [batch, time])

x_lengths — ketma-ketlik uzunligi (int64, [batch])

scales — sintez parametrlar (float, [2])

Agar session.run() ichida faqat "text" berilsa, quyidagi xato yuz beradi:

  raise ValueError(
ValueError: Required inputs (['x', 'x_lengths', 'scales']) are missing from input feed (['text']).

To‘g‘ri inference qilish uchun avval matn Matcha-TTS’ning text frontend’i (masalan, text_to_sequence) orqali tokenlarga aylantirilib, keyin ONNX modelga uzatilishi kerak.

Bu holat yangi foydalanuvchilar uchun biroz chalkash bo‘lishi mumkin, shuning uchun misolda ushbu farqni aniqroq ko‘rsatish foydali bo‘lardi.

Sign up or log in to comment